Yordam

Tez-tez so'raladigan
savollar

To'lov, muddat, syomka, reviziya va shartnoma bo'yicha javoblar. Savolingiz bo'lmasa — Telegram'da yozing.

To'lov va narxlar

To'lov qanday amalga oshiriladi?

50% oldindan, qolgan 50% ish yakunlanganda. Oylik xizmatlarda — shartnoma imzolangan kuni 50%, qolgani har oyning shu sanasida. Kechiktirilgan har kun uchun $10 jarima.

Narxlar qanday?

Target reklama $35 dan, SMM $500–1200/oy, video montaj $20 dan (10 video $150–250), dizayn $13 dan (logo + style kit $50–120), bot va AI $100–500+, to'liq marketing paketi $500–1500+/oy. Aniq narx konsultatsiyada belgilanadi.

Qaysi to'lov usullari bor?

Click, Payme, Uzum, xalqaro kartalar va bank o'tkazmasi. Telegram orqali kelishiladi.

Chegirma bormi?

Uzoq muddatli hamkorlik (3+ oy) va katta loyihalar uchun maxsus narx muhokama qilinadi.

Qo'shimcha xizmatlar-chi?

Kelishuvdan tashqari ishlar oldindan muhokama qilinadi va alohida to'lanadi.

Ish jarayoni va muddatlar

Ish vaqtingiz qanday?

Asosiy ish vaqti 21:00–07:00. Shoshilinch masalalar uchun Telegram 24/7.

Ish muddati qancha?

Oddiy ishlar 3–7 kun, o'rta loyihalar 1–2 hafta, katta loyihalar 3–4 hafta.

Shoshilinch ishlar qabul qilinadimi?

Ha, 24–48 soatda bajariladigan ishlar uchun +50%.

Kontent qanchalik tez tayyorlanadi?

Oylik kontent kalendari har oyning 1-sanasigacha. Video ssenariylar syomkadan kamida 3 kun oldin, montaj syomkadan keyin 3 ish kunida.

Kontentni tasdiqlash qancha vaqt oladi?

Ssenariy yoki kontent kelgach 48 soat ichida javob beriladi. 48 soatda javob bo'lmasa — material tasdiqlangan hisoblanadi.

Muloqot qanday olib boriladi?

Rasmiy muloqot Telegram orqali, muhim bosqichlarda qo'ng'iroq. Haftalik hisobot beriladi.

Syomka va kontent

Syomka joyi qanday belgilanadi?

Har safar oldindan kelishiladi. Rekvizit, kostyum va lokatsiya birgalikda hal qilinadi.

Syomkaga kech qolsam?

Har ikki tomon 15 daqiqa yoki ko'proq kechiksa — $35 jarima. Bekor qilish kamida 4 soat oldin Telegram orqali, aks holda $35.

Instagram akkauntga kirish berishim kerakmi?

Faqat Administrator roli beriladi — parol almashilmaydi. Shartnoma tugagach, rol darhol olib tashlanadi.

Yaratilgan kontent kimga tegishli?

Barcha kontent buyurtmachiga tegishli. Portfolioda foydalanish uchun yozma ruxsat olinadi.

Reviziya va sifat

Reviziya necha marta bepul?

Har bir loyiha uchun 3 marta. SMM shartnomasida har bir video uchun 4 marta; keyingi har biri $10.

Reviziya qanday yuboriladi?

Aniq, batafsil va bir vaqtda. Alohida-alohida kelgan noaniq so'rovlar bitta reviziya sifatida hisoblanadi.

Natija kutilgandek bo'lmasa?

Tafsilotlar ishdan oldin kelishiladi. Texnik xatolar bepul tuzatiladi, reviziya orqali natija maqbul darajaga yetkaziladi.

Ishdan keyin qo'llab-quvvatlash bormi?

Topshirilgandan keyin 1 oy davomida kichik o'zgarishlar va texnik yordam bepul.

Maxfiylik ta'minlanadimi?

Ha. Tijoriy, moliyaviy va shaxsiy ma'lumotlar uchinchi shaxslarga berilmaydi — shartnoma tugagach 2 yil davomida ham.

Shartnoma

Shartnoma muddati qancha?

Standart — 3 oy. Yozma kelishuv bilan uzaytiriladi, avtomatik uzaytirilmaydi.

Muddatidan oldin bekor qilsam?

Kamida 30 kun oldin Telegram orqali yozma xabar. Bajarilgan ishlar qaytarilmaydi; buyurtmachi bekor qilsa, qolgan summaning 25% to'lanadi.

Web-sayt bonusi haqida?

3 oylik shartnomada web-sayt ($250 qiymatida) bonus sifatida. Keyin yillik texnik xizmat $100/yil.

Fors-major holatida?

24 soat ichida Telegram orqali xabar bering. Holat 30 kundan oshsa, shartnoma jarimasiz bekor qilinishi mumkin.

Umumiy va texnik

Qanday xizmatlar ko'rsatasiz?

SMM, Facebook/Instagram va Telegram target reklama, video syomka va montaj, grafik dizayn, Telegram botlar, AI yechimlar va web-saytlar.

Qaysi sohalar bilan ishlaysiz?

Tibbiyot, go'zallik va wellness, savdo, ta'lim, xizmat ko'rsatish, IT.

Hudud?

Asosan O'zbekiston bo'yicha, onlayn xizmatlarda xalqaro mijozlar bilan ham.

Qaysi dasturlardan foydalanasiz?

Photoshop, Illustrator, Premiere Pro, After Effects, Canva, Figma, Meta Ads Manager.

Source fayllar beriladimi?

Ha, loyiha yakunida barcha source fayllar (AI, PSD va boshqalar) topshiriladi.

Web-sayt yoki ilova yasaysizmi?

Landing page, katalog, taklifnoma, ichki tizimlar va Telegram mini app'lar — ha.

Savolingiz qoldimi?

Telegram'da yozing — odatda 2–24 soat ichida javob beraman, shoshilinch masalalarda 24/7.

+998 20 006 99 66 · @Ganiev721

Izoh va byudjet (ixtiyoriy)